Londonning “Chelsi” klubi futbolchisi Konor Gallaher Ispaniyaga uchib, “Atletiko Madrid” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
O’tgan hafta “Chelsi” “matraschilar”ning 34 million funtlik taklifini qabul qilgandi.
Gallaher “Atletiko” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini yakunlash uchun muzokara olib boradi va hammasi ijobiy yakunlansa, yangi jamoasida tibbiy ko’rikdan o’tadi.
