Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Mark Bernal operatsiya qilindi va bir yilga safdan chiqdi.
17 yoshli futbolchi La Liganing 3-turidan o’rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi bahsda xochsimon paylarini shikastlab olgandi.
Bernal bugun muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko’ra, futbolchining tiklanishi uchun 12 oy kerak bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, Bernal “Barselona” tarkibida endigina 3 ta o’yin o’tkazgandi.