Yengil vazn toifasida IBO va WBA kamarlari sohibi Dmirtiy Bivolning murabbiyi Isroil Madrimov va Terens Krouford o’rtasidagi jang haqida o’z fikrlarini bildirdi.
“Krouford g’alaba qozondi, ammo ajoyib tarzda emas. Uchrashuv durangga yaqin edi. Madrimov o’zini yaxshi ko’rsata olmadi. Men esa Terensning harakatlaridan hayratda qoldim.
Bokschi nimaga qodir bo’lsa, barchasi uning raqibi bilan bog’liq. Terensga Madrimovdek qiyin raqib to’qnash keldi va uning mahorati qayergadir yo’qolib qoldi. Ularning qarama-qarshiligi shu yerda to’xtab qolmasligi kerak. Ularga revansh berish kerak.
Madrimov o’zini yaxshi bokschi deb e’lon qildi, lekin u bugungi jangda o’z imkoniyatlarining 65-70 foizini ko’rsata oldi, holos. O’ziga ishonch bor. Takabburlik yo’q. Agar jangdan xulosa chiqarib, revanshga yaxshiroq tayyorgarlik ko’rsa, u Kroufordni mag’lub eta oladi”, – deydi Gennadiy Mashyanov.
Eslatib o’tamiz, Madrimov va Krouford o’rtasidagi jang to’liq 12 raund davom etdi va ochkolar hisobiga Terens g’alaba qozondi.