Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yozgi transferlar oynasida “Roma”ni tark etishi kutilayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
RomaPress nashrining xabariga ko’ra, Shomurodovga “Verona” qiziqib qolgan va klub hujumchimizning agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o’tamiz, Shomurodov olimpiya terma jamoamiz bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etdi va tarixiy golga mualliflik qildi.