O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze milliy terma jamoa murabbiyiga aylanadi. Bu haqda ishonchli manbalar xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Kapadze iste’foga chiqarilgan Srechko Katanes o’rnini egallaydi. Mutaxassis Qatardagi yig’inga boshchilik qilish uchun yaqin kunlarda Dohaga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, Kapadze O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etgan. Shuningdek, mutaxassis mazkur jamoa bilan Osiyo kubogi kumush medallariga ega chiqqan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq sog’lig’idagi muammolar sabab Srechko Katanes O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani haqida xabar berilgandi.