Londonning “Arsenal” klubi “Real Sasedad” yarim himoyachisi Mikel Merinoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” tez orada ”Real Sasedad”ga Merino uchun taklif yuborishi kutilmoqda. Transfermarkt 28 yoshli yarim himoyachini 50 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Merino Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro-2024da bosh sovrinni qo’lga kiritdi. Mikel o’tgan mavsum La Ligada 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.