O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shayotgan bir qator yetakchi yoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Jumladan, O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Bobur Abduxoliqov Prezidentimiz tomonida “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Eslatib o’tamiz, Abduxoliqov hozirda erkin agent hisoblanadi. Hujumchimiz qisqa muddatli faoliyatidan so’ng Ozarbayjonning “Sumqayit” klubini tark etdi.