Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar forvardning transferi borasida surishtiruv o’tkazgan.
Qayd etilishicha, futbolchining o’zi ham hozirgi jamoadagi holatidan norozi. U joriy mavsum Premyer-ligada atigi 154 daqiqa maydonda harakat qildi.
Hozirda fransiyalik futbolchi “Chelsi”dagi kelajagini ko’rib chiqmoqda. U klubni tark etish istagini bildirmagan bo’lsa-da, bir qancha klublar, jumladan “Manchester Yunayted” ham Nkunkuni transferi yuzasidan “aristokratlar” bilan bog’lanishgan.
Ma’lumot uchun, Nkunku joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 10 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.