Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining “B” guruhi 2-turidan o’rin olgan bahsda PSJ va “Botafago” o’zaro to’qnash keldi va yakunda Braziliya klubi minimal hisobda g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 36-daqiqada Igor Jezus tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, “Botafago” ushbu g’alabadan so’ng “B” guruhi peshqadamiga aylanib oldi. PSJ esa 3 ochko bilan ikkinchi o’rinni egallab turibdi.