Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, hamyurtimiz nomi oshkor qilinmagan MLS klubidan taklif olgan. “Bo’rilar” esa Eldorning transferiga ochiq va mavjud takliflarni tinglashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o’tgan mavsum A Seriyada 27 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Roma” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.