Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga Chempionlar ligasining eng yaxshi to’purari uchun beriladigan maxsus mukofot topshiriladi.
Sky Sports xabariga ko’ra, sovrinni Ronalduga payshanba kuni UEFA prezidenti Aleksander Sheferin topshiradi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Chempionlar ligasida 183 ta o’yin o’tkazib, 140 ta golga mualliflik qilgan.
Shuningdek, to’purarlar ro’yxatida ikkinchi o’rinni Lionel Messi (129 ta), uchinchi o’rinni esa Robert Levandovski (94 ta) band etgan.