Sakkiz karra “Oltin to’p” sohibi, argentinalik hujumchi Lionel Messi “Inter Mayami”ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Flavio Azzaro xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Messi MLS klubi bilan shartnomasi yakunlangach o’zining bolalikdagi ilk klubi “Nyuells Old Boyz”ga qaytishga qaror qilgan. Transfer 2025-yilning dekabr oyida amalga oshadi.
Avvalroq Leoning o’zi ham faoliyatini boshlagan klubida yakunlamoqchi ekanligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o’ynab kelmoqda. U joriy mavsum MLS’da 13 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.