O’rta vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro’ziboyev navbatdagi janggiga shama qildi.
“Tez kunda yangilik bo’ladi”, – deb yozdi Ro’ziboyev o’zining Instagram sahifasida.
Eslatib o’tamiz, Nursulton o’zining so’nggi janggini 18-may kuni UFC Fight Night turniri doirasida Dastin Shtoltsfusga qarshi o’tkazib, ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozongan.
Umuman olganda, hamyurtimiz UFC’da 5 ta jang o’tkazib, ularning 4 tasida zafar quchgan, bitta jangda esa mag’lubiyatga uchragan.
