Super og’ir vazn toifasidagi o’zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 5-aprel kuni Qozog’istonning Astana shahrida Top Rank tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o’tkazadi. Bu haqda sportchining o’zi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Hozirda Jalolovga kim raqiblik qilishi aniq emas. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Bahodir o’sha kuni qozog’istonlik Ivan Dichkoga qarshi ringga ko’tariladi.
Eslatib o’tamiz, Jalolov 7-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o’tkazilgan prof boks oqshomida Devid Spilmontga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar sabab jangni bekor qilishgandi.
