Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yangilangan reytingni e’lon qildi.
Undan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi:
Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi – 50,8 kg) 3-o‘rindan joy oldi;
Shahram Gʻiyosov (yarim o‘rta vazn toifasi – 66,6 kg) 7-o‘rinni egallab turibdi;
Isroil Madrimov (super o‘rta vazn toifasi -69,9 kg) 9-o‘ringa joylashtirildi;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn – 76,2 kg) 10-o‘ringa joylashdi.
