“Inter” klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxano’g’lu Turkiya terma jamoasidagi jamoadoshi Arda Gulerni Italiya klubiga taklif qildi.
“U juda muhim futbolchi va men uni ukam sifatida juda yaxshi ko’raman. Uning “Real”dagi ahvoli qanday ekanini bilaman, shuning uchun bu masalaga ko’p aralashishni istamayman.
Men uni “Inter”da o’ynashini xohlayman. Umid qilamanki, bu sodir bo’ladi. Lekin qachonligi noma’lum”, – deydi Chalxano’g’lu.
Eslatib o’tamiz, Arda Guler 2023-yilning yozida “Fenerbaxche”dan “Real”ga ko’chib o’tgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.