Rimning “Roma” klubi “Sevilya”ning 25 yoshli hujumchisi Isaak Romeroga qiziqish bildirmoqda.
Italiya matbuotining xabariga ko’ra, “bo’rilar” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida futbolchi bilan shartnoma tuzishga urinib ko’radi.
O’z navbatida, “Sevilya” ham yaxshi taklif bo’lgan taqdirda hujumchisi bilan xayrlashishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Romero joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.