Videobloger va bokschi Jeyk Pol yarim og’ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyevning jang o’tkazish taklifiga javob qaytardi.
“Buni hozirgina ko’rdim. Jahon boksining eng kuchli 5-raqamli jangchisi meni ringga chorlamoqda. Ha ha ha.
Men bu sport bilan 4 yildan beri shug’ullanaman va uni allaqachon boshqaryapman”, – deydi Pol.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Beterbiyevning promouteri Bob Arum rossiyalik bokschi Polga qarshi jang qilishi mumkinligi aytgandi.
Ma’lumot uchun, Beterbiyev professional boksda 21 ta jang o’tkazib, 21 ta g’alabaga erishgan. Jeyk Pol esa 12 ta jangda ishtirok etgan va 11 bor g’alaba qozongan.