Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Turinning “Yuventus” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, italyan klubi Tiago Motta boshchiligidagi omadsiz mavsumdan so’ng uni iste’foga chiqarmoqchi va Xavini uning o’rniga olib kelmoqchi.
Biroq, ispaniyalik mutaxassis ushbu taklifga faqat bir shart bilan rozi bo’lishga tayyor – agar turinliklar “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes bilan shartnoma imzolasa.
O’z navbatida, kataloniyaliklar Ferminni sotib bo’lmaydigan futbolchi deb bilishadi, biroq futbolchining o’zi Xavining chorlovini ko’rib chiqishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Xavi 2024-yilning yozida “Barselona” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan va hozircha ishsiz yuribdi.