“Barselona” klubining Xans-Diter Flik diskvalifikatsiyasi bo’yicha berilgan apellyatsiyasi rad etildi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo’mitasi “Barselona” bosh murabbiyini La Liganing 16-turi doirasidagi “Betis”ga qarshi o’yindagi xatti-harakatlari sabab ikkita o’yinga chetlashtirgandi.
Nemis mutaxassisi o’yin davomida hakam bilan bahslashgan va buning uchun qizil kartochka bilan jazolangan.