Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Nikolas Jekson aprel oyigacha maydonga tusha olmaydi.
Telegraph nashrining xabariga ko’ra, 23 yoshli senegallik futbolchi tizzasidan jarohat olgan va mart oyidagi xalqaro tanaffusdan so’ng maydonga qaytishi mumkin.
Natijada Jekson “Brayton”, “Aston Villa”, “Sautgempton”, “Lester Siti” va “Arsenal”ga qarshi o’yinlarni o’tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Nikolas joriy mavsum APL’da 23 ta o’yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.