Madridning “Real” klubi “Liverpul”ga 26 yoshli himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldni qo’lga kiritish istagi borligini ma’lum qildi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” “Liverpul”ni angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyati borligi haqida rasman ma’lum qilishga majbur emas.
Chunki uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi va yanvar oyidan boshlab u boshqa klub bilan shartnoma imzolashi mumkin. Biroq, “Real” mersisaydliklarga hurmat ko’rsatmoqchi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr-Arnold joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.