Italiya A Seriyasining 24-turida “Roma” “Venetsiya” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).
Uchrashuvdagi yagona gol 57-daqiqada Paulo Dibala tomonidan kiritildi. Argentinalik hujumchi penaltidan unumli foydalandi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 90+2-daqiqada Dovbik o’rniga maydonga tushdi va 2 daqiqa harakat qildi.
A Seriya | 24-tur
“Venetsiya” 0:1 “Roma”
Gol: Dibala (pen.) 57′.