Germaniyaning Vayssenhaus shahrida o’tkazilayotgan“2025 Freestyle Chess Grand Slam” turnirining aylanma tizimi yakuniga yetdi va bugunda pley-off bosqichi start oladi.
Shaxmatchilar kecha raqid yo’nalishida yana 4 tadan o’yin o’tkazishdi. Javohir Sindarov va Alireza Feruzja 6,5 ochkodan jamg’arishdi. Fransiyalik grossmeyster qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha birinchi o’rinni egalladi. Nodirbek Abdusattorov esa 3,5 ochko bilan 7-pog’onani band etdi.
Qoidaga ko’ra, aylanma tizimda dastlabki 4 o’rinni egallagan shaxmatchilar o’zlari uchun raqib tanlash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Tanlov natijasida esa quyidagi juftliklar yuzaga keldi:
Alireza Feruzja – Vinsent Keymer
Javohir Sindarov – Xikaru Nakamura
Fabiano Karuana – Gukesh Dommaraju
Nodirbek Abdusattorov – Magnus Karlsen
Ma’lumot uchun, pley-off bosqichi klassik partiyadan iborat bo’ladi. Shaxmatchilar o’zaro ikkitadan o’yin o’tkazadi. Ikki o’yindan keyin durang qayd etilsa, g’olib tay-brekda aniqlanadi.
Eslatib o’tamiz, musobaqaning mukofot jamg’armasi 750 000 dollarni tashkil qiladi. Turnir g’olibi 200 000 dollarga ega chiqadi.