35 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Marko Roys MLS’da debyut qildi.
O’z maydonida “Atlanta Yunayted”ni qabul qilgan “Los-Anjelos Gelaksi” 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Uchrashuvda Marko Roys bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Maydonga tushishdan oldin juda xavotirda edim, biroq raqib himoyasini yorib o’tib, g’alaba qozonganimizdan juda xursandman”, – deydi Roys.
Eslatib o’tamiz, Marko Roys “Borussiya Dortmund”dagi 12 yillik faoliyatidan so’ng shu yozda “Los-Anjelos Gelaksi” safiga borib qo’shildi.