Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubi Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasidagi “Makkabi”ga qarshi o’yin uchun chiptalar sotuvidan tushgan mablag’ni G’azo sektoriga insonparvarlik yordami sifatida xayriya qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko’ra, xayriya miqdori 735 ming Norvegiya kroni, ya’ni, 63 ming yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, 23-yanvar kuni bo’lib o’tgan Yevropa Ligasi doirasidagi “Bude-Glimt” – “Makkabi” o’yini 3:1 hisobida norvegiyaliklar foydasiga hal bo’ldi.