Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya La Ligasining 22-turidan o’rin olgan “Espanyol”ga qarshi bahsda (0:1) o’ng oyog’idan jarohat oldi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Jurnalist Xaver Berlanganing yozishicha, 31 yoshli futbolchi ushbu jarohati tufayli 2-3 haftani o’tkazib yuboradi.
Ta’kidlanishicha, germaniyalik himoyachi La Liga doirasidagi “Atletiko Madrid”ga qarshi (8-fevral) va YChL 1/16 finalida “Man. Siti”ga qarshi o’yinda (11-fevral) ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o’tamiz, Ryudiger “Espanyol”ga qarshi bahsning 15-daqiqasida maydonni erta tark etishga majbur bo’ldi.