Qozog’iston yoshlar terma jamoasi va Olmaotaning “Qayrat” klubi markaziy hujumchisi Dastan Satpayev faoliyatini Londonning “Chelsi” klubida davom ettiradi. Bu haqda Metaratings xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, transfer yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi. Qayd etilishicha, Satpayev dekabr oyida London klubida tibbiy ko’rikdan o’tgan.
Ma’lumot uchun, Dastan Satpayev “Qayrat” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning olmaotaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning 31-dekabrigacha mo’ljallangan.