Argentina milliy terma jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Ekvadorning «Independente del Valle» klubiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvi vaqtida muxlislar tomonidan maydonga yiqitildi.
Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida bir necha ishqibozlar maydonga yugurib chiqib, argentinalik yulduzni oʻrab olishgan. Ulardan biri Messini quchoqlashga uringan vaqtda, xavfsizlik xodimi muxlisni maydondan olib chiqishga harakat qilgan. Natijada yuzaga kelgan tartibsizlik oqibatida xodim, muxlis va Messining oʻzi ham chim ustiga yiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, 38 yoshli hujumchi 2023-yilning yozidan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2028-yilning oxiriga qadar moʻljallangan.
Maʼlumot uchun, Messi joriy mavsum hozircha 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.
