Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida boʻlib oʻtgan «Osasuna» va «Real» (2:1) oʻrtasidagi bahsdan soʻng koʻngilsiz voqea yuz berdi. Marca nashrining xabariga koʻra, mezbon jamoa muxlislaridan biri madridliklar darvozaboni Tibo Kurtuaga qarata shisha idish uloqtirgan.
Belgiyalik posbon esa ushbu buyumni hakamga topshirgan, referi esa oʻz navbatida vaziyat haqida mas’ul shaxslarga xabar bergan.
Uchrashuv yakunlangach, stadion qoʻriqlash xizmati xodimlari huquqbuzarni aniqlash maqsadida tribunaga koʻtarilgan, biroq bu muxlislar va xavfsizlik xodimlari oʻrtasidagi toʻqnashuvga aylanib ketgan.
Qayd etilishicha, vaziyatga milliy politsiya ham aralashishiga toʻgʻri kelgan va natijada ikki kishi hibsga olingan.
Maʼlumot uchun, «Real» ushbu magʻlubiyatdan qaramay turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirmoqda (60 ochko). «Barselona» esa bitta kam oʻyin oʻtkazgan holda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi (58 ochko).
