O’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, yanvar oyida promoushen rosteridan o’chirilgan Kris Veydman tashlilotdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
“Yangi yigitlar bor, ular hozir ko’p yillar oldin men bo’lgan joyda… UFC bu yigitlardan yangi yulduzlarni yaratishi kerak.
Menga o’xshagan sobiq chempionlar ham borki, ular yaxshi ishlamayapti va janglarda mag’lub bo’lyapti…
UFC’da siz mohiyatan boylikdan qashshoqlikka o’tasiz va bu achchiq haqiqat, ammo bu ish”, – deydi Vaydman.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Kris Vaydman bilan birgalikda Toni Fergyuson va Aleksandr Gustafsson ham UFC ro’yxatidan o’chirib tashlangandi.