Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Alfonso Devis tez orada jamoasi bilan 2030-yilga qadar mo’ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, yangi bitimga muvofiq futbolchining maoshi yiliga 15 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Alfonsoga “Real” qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Madridliklar kanadalik futbolchini erkin agent sifatida sotib olishni rejalashtirgandi.
Ma’lumot uchun, Devis joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.