Turinning “Yuventus” klubi PSJ hujumchisi Randal Kolo Muanini ijaraga oldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, fransiyalik futbolchi Turin klubiga sotib olish shartisiz 6 oyga ijara asosida o’tgan. Kolo Muani tibbiy ko’rikdan o’tish uchun shu hafta Turinga uchib boradi.
Qayd etilishicha, parijliklar forvardning to’liq transferi yoki sotib olinishini talab qilgan, biroq futbolchining o’zi muzokaralar tezroq yakunlanishi uchun “Yuventus” taklifini qabul qilgan.
Ma’lumot uchun, Kolo Muani joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta o’yin o’tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.