Hindistonlik 18 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju shaxmat bo’yicha yangi jahon chempioniga aylandi.
Shaxmat toji uchun kechgan bahsda u xitoylik Ding Lirenni 7,5:6,5 hisobida mag’lub etdi.
Final uchrashuvi bugun, 12-dekabr kuni Singapurda bo’lib o’tdi. Gukesh qora donalarda harakat qildi va 58-yurishda g’alabani qo’lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Gukesh Vishvanatan Ananddan keyingi shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’lgan ikkinchi hindistonlikka aylandi.