“Tour de France” rekordchisi, britaniyalik velosportchi Mark Kavendish 39 yoshida faoliyatini yakunladi.
10-noyabr kuni “Astana Qozog’iston” jamoasi vakili bo’lgan sportchi o’zining so’nggi poygasi – Singapur kriteriyasida ishtirok etdi va g’alaba qozondi.
“Oxirgi beshta davrada men bu faoliyatidagi so’nggi 15 km ekanligini angladim. Yetakchilik uchun kurashda yiqilib qolishdan yoki biron bir boshqa narsadan xavotirda edim.
Sportdan boshqa narsani orzu qila olmasdim. Umid qilamanki, bu hammaga yoqdi”, – deydi Kavendish.
Ma’lumot uchun, Kavendish “Tour de France” bosqichida g’alaba qozonish bo’yicha rekordchi hisoblanadi (35 marta).
Shuningdek, u faoliyati davomida “Jiro d’Italia”ning 19 ta bosqichi va “Vuelta”ning 4 ta bosqichida ham g’olib chiqqan.
Bundan tashqari, Kavendish shosse yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni va trek yo’nalishi bo’yicha 3 karra jahon chempioni sanaladi.