“Tottenhem” klubi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni tanqid qildi.
“Agar siz uning tezligini olib qo’ysangiz, Holand oddiy futbolchiga aylanib qoladi. U texnik jihatdan yetarli darajada kuchli emas.
Menimcha, unda eng yaxshi hujumchilarda bo’lgan narsa yetishmaydi. Bu fikrim uchun meni tanqid qilishlari mumkin, lekin men uni o’zim o’ynagan eng yaxshi hujumlar bilan tenglashtira olmayman.
“Manchester Siti”ga hozir Holand kerak, lekin u qayerda? Shuning uchun u jahon darajasidagi hujumchilarning tanlab olingan guruhiga kirmaydi”, – deydi van der Vart.
Ma’lumot uchun, Holand joriy mavsum barcha turnirlarda 20 ta o’yin o’tkazib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.