Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso 2025-yilning yozida Karlo Anchelotti o’rniga “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Avvalroq, Alonsoga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq ispaniyalik mutaxassisning o’zi “Qirollik klubi”ni boshqarishni xohlamoqda.
Shuningdek, Alonsoning “Real”ga kelishi leverkuzenliklarning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsning ispan grandi safiga o’tish imkoniyatlarini oshirishi ta’kidlandi.
Eslatib o’tamiz, Xabi Alonso 2021-yildan buyon “Bayer”ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.