Yarim o’rta vazn toifasida UFC jangchisi Jek Della Maddalena (17-2) 2025-yilda chempion bo’lishini aytdi.
“2025-yilda Bilol Muhammadni nokautga uchrataman. Undan oldin reytingda o’zimdan yuqoriroq bo’lgan Shavkat Rahmonov, Kolbi Kovington yoki Kamaru Usman bilan jang qilishni xohlayman. Shundan so’ng Bilol bilan jang oson bo’ladi”, – deydi Maddalena.
Ma’lumot uchun, Maddalena hozirda 27 yoshda. Avstraliyalik jangchi 2016-yilda MMA’da professional faoliyatini boshlagan. 2022-yilda esa ilk bor UFC’da debyut qilgan. Uning UFC’dagi statistikasi: yettita jang, yettita g’alaba.