Angliya Premyer-ligasining 25-turidan o’rin olgan “Vulverxempton”ga qarshi bahsda “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold turnirdagi 250-o’yinini o’tkazdi.
Trent bu ishni 26 yoshu 132 kunligida amalga oshirdi va APL’da 250 ta o’yin o’tkazgan eng yosh “Liverpul” futbolchiga aylandi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Aleksandr-Arnold mersisaydliklarning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrardning 2006-yildagi rekordini yangilagan (26 yoshu 200 kunlik).
Eslatib o’tamiz, Trent Aleksandr-Arnold 2016-yildan buyon “Liverpul” safida to’p surmoqda. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.