Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi. Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yoʻl oldi.
Hamyurtimiz yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.