Shaxmatchi Amina Abakarova raqibini zaharlashda ayblanib, hibsga olindi.
Dog’iston shaxmat chempionatida Abakarova Umayganat Osmanovaning taxtasiga simob surgan vaziyati xavfsizlik kameralariga tushib qolgan. Osmanova zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Abakarova raqibini “qo’rqitish” maqsadida shu ishni qilganini tan olgan.
Hozirda Abakarova hibsga olingan va 3 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Uning shaxmat faoliyati vaqtincha to’xtatiladi yoki umrbod taqiq qo’yilishi mumkin.
Zaharlanganiga qaramay, Osmanova sog’ayib, musobaqani davom ettirdi va ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.