Rimning “Latsio” klubi prezidenti Klaudio Lotito Xames Rodriges haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Biz Xames Rodriges bilan shartnoma imzolamaymiz, bu haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Mish-mishlar soxta.
Xames 33 yoshda va u so’nggi yillarda 14-15 tadan ortiq o’yin o’tkazmagan. U Amerika kubogida yaxshi o’ynadi, ammo biz Xamesga qiziqmayapmiz”, – deydi klub prezidenti.
Ma’lumot uchun, kolumbiyalik futbolchi hozirda erkin agent va o’ziga yangi jamoa qidirmoqda. Kopa Amerikada ajoyib o’yinlar o’tkazganidan so’ng, ko’plab nashrlar uni yana Yevropaga qaytishini tahmin qilgandi. Ammo hozircha hech bir Yevropa klubi 33 yoshli vinger uchun taklif bilan chiqmagan.