O’zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo’yicha Grand Slam Tour musobaqasining Parijdagi bosqichida ishtirok etadi.
Hamyurtimiz amerikalik grossmeyster Xans Nimann o’rnini egallaydi. Xabarlarga ko’ra, Nimann ushbu turnirda ishtirok eta olmasligini aytgan. Bu haqda turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida xabar berildi.
Ma’lumot uchun, mukofot jamg’armasi 660.000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqa 8-apreldan 15-aprelga qadar Fransiya poytaxti Parij shahrida bo’lib o’tadi.
