“Manchester Siti”ning xorvatiyalik himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaning o’tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gvardiol o’tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” o’tgan mavsum APL’da 71 ochko jamg’arib, uchinchi o’rinni egalladi va kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.