Fransiya terma jamoasi hamda “Barselona”ning sobiq futbolchisi Jeremi Matyo Fransiya janubidagi “Intersport” do‘konida ishlayotgani tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Hozir 41 yoshda bo‘lgan, Fransiya terma jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazgan Matyo Eks-an-Provans yaqinidagi Kabriyes – Plan de Kampan shahridagi “Intersport” do‘konining futbol bo‘limida ish boshlagan. Bu haqda fransiyaning lesviolets.com nashri Matyoning do‘kon formasida tushgan surati tarqalganidan so‘ng ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyatini “Sosho”da boshlagan Matyo keyinchalik “Tuluza”, “Valensiya” va “Barselona”da to‘p surdi. U kataloniyaliklar safida 2015-yilda treblni (UEFA Chempionlar Ligasi, La Liga, Ispaniya Kubogi) qo‘lga kiritdi.
Karyerasining so’nggi qismini Portugaliyaning “Sporting” jamoasida o’tkazdi va 2023-yilda, oxirgi ikki mavsumini esa “Luynes Sports” jamoasida havaskorlik darajasida o‘tkazdi.