Krishtianu Ronaldu 30 yoshdan keyingi davrda 30 yoshgacha bo‘lgan davrdagidan ko‘proq gol urdi.
“An-Nassr” Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yinida Eronning “Istiqlol” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Portugaliyalik futbolchi o‘yinning 27-daqiqasida penaltini “panenka” uslubida aniq bajardi. Bu 40 yoshli hujumchining faoliyatidagi 927-goli bo‘ldi.
Shunday qilib, endi Ronaldu hisobida 30 yoshgacha 463 ta, 30 yoshdan keyin esa 464 ta gol mavjud.