Gelzenkirxenning “Shalke” klubi Ispaniya terma jamoasi va “Real Madrid” sobiq hujumchisi Raul Gonsalesni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Bu haqda Tribal Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, o’tgan qishda nemis klubi ispaniyalik murabbiyga taklif yuborgan, biroq mutaxassis “Real”ning ikkinchi jamoasi “Kastilya”da qolishni ma’qul ko’rgan.
Qayd etilishicha, “Shakle” kelasi yozda Raulni qo’lga kiritishga yana bir bor urinib ko’rmoqchi.
Eslatib o’tamiz, ispaniyalik murabbiy futbolchi sifatida 2010-yildan 2012-yilgacha “Shakle” safida to’p surgan.