Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) noyabr oyi yakunlariga ko’ra yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ro’yxatning top-100 taligidan 5 nafar o’zbekistonlik grossmeyster o’rin oldi.
Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2777) reytingning 6-pog’onasidan joy oldi. U avvalgi oyda ham shu o’rinda qayd etilgandi.
Shuningdek, tajribali vakilimiz Rustam Qosimjonov (2685) 43-o’rinni egalladi. Javohir Sindorov (2682) esa avvalgi oydagi kabi 46-o’ringa joylashdi.
Bundan tashqari, Shamsiddin Vohidov (2681) bir pog’ona yuqorilab, 47-o’ringa ko’tarilib oldi. O’tgan oyda 62-o’rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2668) esa bu oy 60-o’rindan joy oldi.
