O’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Bilol Muhammad Shavkat Rahmonov va Ian Garri haqida gapirdi va ularni mag’lub eta olishini ham ta’kidladi.
“Oxirgi olti hafta ichida men ko’plab jang lavhalarini ko’rib chiqdim va ikkala yigitni ham o’rgandim. Rasmiy xolis tahlilim: ikkalasini ham sindiraman”, – deb yozdi Muhammad X ijtimoiy tarmog’ida.
Eslatib o’tamiz, Bilol Muhammad UFC 310 turnirining asosiy janggida Shavkat Rahmonovga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq Bilolning olgan jarohati sabab ushbu jang bekor qilindi.