“Napoli” klubi hujumchisi Viktor Osimhen jamoani tark etmoqchi.
Klub sport direktori Jovanni Manna ham bu xabarni tasdiqladi.
“U ketishni so’radi. Biz xotirjammiz, chunki bizda uning o’rnini bosadigan boshqa futbolchilar bor.
Shu bilan birga, biz jamoa yaxlitligini buzmoqchi emasmiz, uni saqlab qolmoqchimiz. Yaqin kunlarda nima bo’lishini ko’ramiz”, – deydi klub sport direktori.
Ma’lum bo’lishicha, “Napoli” nigeriyalik forvardni 100 million yevrodan kamiga sotmaydi.
Ma’lumot uchun, Osimhen o’tgan mavsum klub safida jami 32 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.